MAQSADLAR

Tahririyatning maqsadlari

  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qonunlari, qonunosti hujjatlari, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hayotini yoritib borishi
  • O‘zbekiston Respublikasi, shuningdek, chet ellarda o‘tkaziladigan musobaqalar, Olimpiada o‘yinlarini yoritib borish
  • aholi o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni targ‘ib etish
  • turli sport turlarida sportchilarni tayyorlashni boshqarish tizimini takomillashtirish
  • o‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya ta’limi muammolarini hal etish borasida olib borilayotgan ilmiy va amaliy faoliyatni targ‘ib etish
  • mamlakat aholisi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va sog‘lomlashtirish tizimini takomillashtirish
  • universitet talabalari va yoshlarni vatanparvarlik, mamlakat mustaqilligiga sadoqat ruhida tarbiyalash, yuksak ahloqiy-ma’naviy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish
  • jurnalni belgilangan tartibda nashr qilish

Tahririyat ushbu maqsadlarga erishish uchun:
- e’lon qilinayotgan maqolalar yuksak professional darajada, ob’ektiv va haqqoniy bo‘lishini ta’minlaydi;
- har bir xodim salohiyatining to‘la namoyon bo‘lishiga erishish maqsadida ijodiy jamoada sharoit va muhit yaratadi;
- ijro, mehnat va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlaydi;
- xodimlarning kasb mahoratini oshirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi;
- xodimlarning o‘z xizmat vazifalarini bajarishlari uchun zarur bo‘lgan texnika vositalari va boshqa vositalar bilan ta’minlaydi;
- ehtiyojmand xodimlarga moddiy yordam ko‘rsatadi, xodimlarning turmush sharoitlarini yaxshilash to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi;
- davlat muassasalari, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik tuzilmalari, jismoniy shaxslarning reklama va e’lonlarini belgilangan tartibda e’lon qiladi.

Yo'l xaritasi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tasarrufidagi “Fan-sportga” ilmiy-nazariy jurnali faoliyatini 2024 yil davomida yanada rivojlantirish bo‘yicha “YO‘L XARITASI”

№ Amalga oshiriladigan tadbirlar Bajarish muddati Moliyalashtirish manbalari Ijro uchun mas’ullar
1. Jurnalda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, yosh sportchilarni saralash, yuqori malakali sportchilarni tayyorlashning innovatsion metodlarini o'rganish masalalariga qaratilgan ilmiy maqolalarni chop etish ishlarini rivojlantirish. Muntazam “Fan-sportga” ilmiy-nazariy jurnali,
O’zDJTSU Innovatsion jamg'armasi
Ilmiy ishlar va innovatsiya bo'yicha prorektor,
Jurnal tahririyati
2. Jurnalda chop etilgan ilmiy maqolalardan eng dolzarb mavzudagilarini saralab “Yilning eng yaxshi ilmiy maqolasi muallifi” tanlovini tashkil qilish. 2024 IV chorak “Fan-sportga” ilmiy-nazariy jurnali,
O’zDJTSU Innovatsion jamg'armasi
Ilmiy ishlar va innovatsiya bo'yicha prorektor,
Jurnal tahririyati
3. Jurnalning veb saytini ishga tushurish hamda ma’lumotlarni joylashtirish. Muntazam “Fan-sportga” ilmiy-nazariy jurnali,
O’zDJTSU Innovatsion jamg'armasi
Ilmiy ishlar va innovatsiya bo'yicha prorektor,
Jurnal tahririyati
4. Jurnalni xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalariga kiritish bo'yicha ishlarni tashkil qilish. Muntazam “Fan-sportga” ilmiy-nazariy jurnali,
O’zDJTSU Innovatsion jamg'armasi
Ilmiy ishlar va innovatsiya bo'yicha prorektor,
Jurnal tahririyati
5. Jurnalda chop etiladigan ilmiy maqolalarni Web of Science, Scopus kabi xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalari talablari doirasida qabul qilish ishlari yo’lga qo’yish. 2024 IV chorak “Fan-sportga” ilmiy-nazariy jurnali,
O’zDJTSU Innovatsion jamg'armasi
Ilmiy ishlar va innovatsiya bo'yicha prorektor,
Jurnal tahririyati
6. Jurnalda chop etiladigan ilmiy maqolalarni taqrizdan o'tkazishda rivojlangan davlatlarning yetuk mutaxasislarini ekspert sifatida jalb etish ishlari o'rganish. 2024 IV chorak “Fan-sportga” ilmiy-nazariy jurnali,
O’zDJTSU Innovatsion jamg'armasi
Ilmiy ishlar va innovatsiya bo'yicha prorektor,
Jurnal tahririyati
7. Jurnalga qabul qilinadigan ilmiy maqolalarni “Antiplagiyat” tizimi orqali qabul qilishni yo’lga qo’yish. 2024 IV chorak “Fan-sportga” ilmiy-nazariy jurnali,
O’zDJTSU Innovatsion jamg'armasi
Ilmiy ishlar va innovatsiya bo'yicha prorektor,
Jurnal tahririyati
8. Universitet professor-o’qituvchilari hamda xorijiy hamkor OTMlarning professor-o’qituvchilari hamkorligida tayyorlangan maqolalarni chop etish. Muntazam “Fan-sportga” ilmiy-nazariy jurnali,
O’zDJTSU Innovatsion jamg'armasi
Ilmiy ishlar va innovatsiya bo'yicha prorektor,
Jurnal tahririyati