MURABBIYLIK MAHORATI TAHLILI ASOSIDA VOLEYBOLCHILARDA SAKRASH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH
Sakrash qobiliyati voleybolchilarning musobaqa faoliyati samaradorligiga bevosita ta’sir etuvchi eng muhim jismoniy fazilatlardan biridir. Sakrash balandligi va tezligi darajasi hujum vaqtida zarba berish, blokirovka qilish va o‘yinning turli texnik elementlarini bajarishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada voleybolchilarning kuch tayyorgarligi va ularning sakrash qobiliyatini rivojlantirish uchun qo‘llaniladigan usullar haqida murabbiylarning fikrlari o‘rganilgan. O‘rganish usuli sifatida anketa so‘rovi qo‘llanilgan. Olingan natijalar murabbiylar voleybolchilarning sakrash qobiliyatini rivojlantirishda kuch tayyorgarligini asosiy omil sifatida baholashlari va mashg‘ulotlarda pliometrik mashqlardan keng foydalanishlarini ko‘rsatib berdi. Anketa so‘rovida qatnashgan murabbiylarning ko‘p qismi voleybolchilarning sakrash qobiliyatini rivojlantirishda maksimal quvvatning 60-70% darajasida bo‘lgan yuklama eng samarali bo‘lishini ko‘rsatib berishdi.
1. Balsevich, V. K. (2019). Teoriya i metodika fizicheskoy kultury i sporta. Moskva: Sovetskiy sport.
2. Verkhoshanskiy, Yu. V. (2018). Osnovy spetsialnoy silovoy podgotovki sportsmenov. Moskva: Sport.
3. Matveyev, L. P. (2020). Teoriya i metodika fizicheskoy kultury. Moskva: Fizkultura i sport.
4. Platonov, V. N. (2020). Sistema podgotovki sportsmenov v olimpiyskom sporte. Kiyev: Olimpiyskaya literatura.
5. Godik, M. A. (2019). Kontrol trenirovochnykh i sorevnovatelnykh nagruzok v sporte. Moskva: Sport.