KURASHCHILARNING MAXSUS CHIDAMLILIGINI TAKOMILLASHTIRISH JARAYONIDA TEXNIK-TAKTIK MAHORATINI RIVOJLANTIRISH
Kurashchilarda maxsus chidamlilikni rivojlantirish muammosi zamonaviy sport nazariyasi va amaliyotida dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Yuqori sport natijalariga erishish jarayonida organizmning funksional imkoniyatlarini maksimal darajada safarbar etish talab etiladi. Shu bilan birga, inson organizmi funksional rivojlanishning genetik jihatdan belgilangan chegaralariga ega bo‘lib, mashg‘ulot yuklamalarining hajmi va intensivligini me’yoridan ortiq oshirish moslashuv mexanizmlarining izdan chiqishiga, ortiqcha zo‘riqish hamda funksional tizimlar faoliyatining buzilishiga olib kelishi mumkin. Mazkur tadqiqotda kurashchilarning maxsus chidamliligini rivojlantirishda funksional tayyorgarlik darajasi, energiya ta’minoti mexanizmlari (aerob va anaerob, xususan glikolitik jarayonlar) hamda mashg‘ulot yuklamalarini ilmiy asosda rejalashtirishning ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, musobaqa faoliyatiga xos bo‘lgan yuqori intensivlikdagi harakatlar sharoitida chidamlilikni shakllantirishning samarali usullari tahlil qilinadi.
1. Xoliqov B.X. (2020). Malakali kurashchilarni tayyorlashda texnik usullarni bajarish sifatining o‘rni. Fan-Sportga, (5), 41-43.
2. Холиқов Б.Х. (2022). Малакали курашчиларнинг жисмо- ний ва техник-тактик тайёргарлик воситалари нисбатини оптималлаштириш. Fan-Sportga, (1), 28-3.
3. Odilov, B. B. (2021). Malakali belbog‘li kurashchilar misolida raqibni ko‘tarib tashlash bilan bog‘liq maxsus ish qobiliyatiga muvozanat saqlash turg‘unligining ta’siri. Fan-Sportga, (8), 19.
4. Bobomurodov, F. I. (2021). Kurashchilarning texnik-taktik harakatlarini sifatli bajarishda relaksatsiyaga yo‘naltiruvchi maxsus mashqlar majmuasidan foydalanish. Fan-Sportga, (8), 42.