SPORTCHILAR VA MURABBIYLAR FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA QONUNCHILIK YANGILIKLARINING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI VA AMALIY SAMARADORLIGI
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni ilmiy-huquqiy tahlil qilinadi. Tadqiqot qonunning jismoniy tarbiyani ommalashtirish, sport ta’limi sifatini oshirish, sport infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, sportchilar, murabbiylar va sport agentlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan asosiy normativ-huquqiy mexanizmlarini yoritishga yo‘naltirilgan. Maqolada qonunning yangi tahrirdagi kontseptual yangiliklari, xususan asosiy tushunchalar instituti, sport ta’limi va pedagogik faoliyatning alohida huquqiy institut sifatida mustahkamlanishi, terma jamoalar va seleksiya jarayonlarining normativ tartibga solinishi, shuningdek xalqaro hamkorlik va antidoping mexanizmlari tahlil qilinadi. Shu orqali maqolada sport boshqaruvi va huquqiy tartibga solishni takomillashtirish, sport subyektlarining vakolatlarini aniqlashtirish hamda sohaning professional va institutsional rivojlanishiga hissa qo‘shadigan ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar ilgari suriladi.
1. “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 04.09.2015 yildagi O‘RQ394-son.
2. “Xalq so‘zi” gazeta. 05.02.2026 sanadagi son.
3. “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun muhokamasiga doir ellik oltinchi yalpi majlis materiallari // Senat.uz rasmiy sayti.
4. Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri tahlili // Olympic.uz axborotnomasi.